
"Lokomotiv" o‘rtoqlik o‘yinida "Turon"ni mag‘lub etdi. Gollardan biri shunchaki super (video)
Mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘zbek klublari o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.
Jumladan, bugun "Lokomotiv" hamda "Turon" o‘zaro bahs olib bordi. Unda "temiryo‘lchilar" 2:1 hisobida zafar quchdi. Toshkentliklar safida Islom Qobilov, Nurmuhammad Toshpo‘latov tomonidan urilgan gollarga yaypanliklar tarkibida A’zamjon Aliev bir marta javob qaytardi.
E’tirof etish joiz, "Turon" vakilining goli anchagina chiroyli chiqdi. Quyida mazkur zarbani tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar