
"Lokomotiv" Oston O‘runov transferini rasman e’lon qildi (video)
Shu yil 19 yoshni qarshi oladigan futbolchi bungacha “Navbahor”da to‘p tepib kelayotgandi, bundan buyon u “temiryo‘lchilar” sharafini himoya qiladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Oston O‘runov kechagi mashg‘ulotda jamoa a’zolariga tanishtirildi va “Loko” safida ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, Oston O‘runov 2000 yilning 19 dekabr kuni tug‘ilgan. 2017-2019 yillar davomida “Navbahor” tarkibida harakat qilib, O‘zbekiston chempionati doirasida 51 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikrlar