"Lokomotiv" "Real"ni mag‘lub etgan jamoa bilan o‘ynaydi

  • 30.01.2025 13:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, "Lokomotiv" 5-26 fevral kunlari Turkiyaning Antalya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib boradi.

Oldinroq ushbu yig‘inda "temiryo‘lchilar" 6 nazorat o‘yinida qatnashishini va shulardan 3 o‘yin aniq bo‘lganini xabar berilgan edi.

"Kecha o‘rtoqlik o‘yini borasida Moldovaning "Sheriff" jamoasi bilan kelishuvga erishildi. EChLda "Real"ni mag‘lub qilgan Moldovaning 20 karra chempioni bilan uchrashuv 20 fevral kuni o‘tkaziladi", - deya navbatdagi o‘rtoqlik o‘yini haqida xabar berdi "Lokomotiv" matbuoti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!