"Lokomotiv" serbiyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi

  • 20.01.2026 17:19
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Yovan Nishich - "Lokomotiv" futbolchisiga aylandi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi. 

"Yangi mavsumga hozirlik ko‘rayotgan "Lokomotiv" serbiyalik futbolchi Yovan Nishich bilan shartnoma imzoladi. Ma’lumot uchun, Yovan Nishich 1998-yil 3 mart kuni tug‘ilgan bo‘lib, markaziy yarim himoyachi ampluasida to‘p tepadi.

U Toshkentga kelguniga qadar faoliyatining oxirgi qismini Serbiya chempionati vakili "Radnichki Nish" klubida o‘tkazdi. Yangi futbolchimiz o‘z vaqtida Serbiya o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarida ham bir nechta o‘yinda maydonga tushgan", - deyiladi xabarda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!