"Lokomotiv" Turkiyadagi yig‘inni Gruziya klubi ustidan qozonilgan g‘alaba bilan yakunladi

  • 9 fevral, 2023, 21:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Lokomotiv" Turkiya yig‘inlari doirasidagi so‘nggi kunida Gruziyaning "Samtrediya" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Tecno

Unda "temiryo‘lchilar" ishonchli o‘yin ko‘rsatib, ishonchli hisobda g‘alabaga erishdi, 2:0. Birinchi bo‘limda Shime Jujul hamda Marat Bikmaevning kiritgan gollariga raqiblar javob bera olishmadi.

Shu tariqa, Turkiya yig‘inlarida 8 nazorat o‘yinida qatnashgan "Lokomotiv" jamoasi 3 g‘alaba, 4 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etdi.

"Lokomotiv" - "Samtrediya" 2:0
Gollar: Shime Jujul (11, 1:0), Marat Bikmaev (20, 2:0).

"Lokomotiv": Abdumavlon Abdujalilov, Manuchehr Safarov, Jaloliddin Jumaboev, Islomjon Qobilov, Oleg Zoteev, Javohir Abdualimov, Sanjar Qodirqulov, Anvarjon Alijonov, Nurmuhammad Toshpo‘latov, Marat Bikmaev, Shime Jujul.

Zaxiradan tushganlar: Maruf Jumaev, Ali Abdurahmonov, Sherzodjon Komilov, Abdulloh Yo‘ldoshev, Samuel Opeh, Mahdi Abduraimov, Maqsudxo‘ja A’loxo‘jaev

"Samtrediya": Rezo Lomidze, Shalva Ekvtimishvili, Mate Abuladze, Irakli Kamladze, Giorgi Gvishiani, Varlam Kilasonia, Revaz Injgia, Levan Xmaladze, Giorgi Koripadze, Sirill Tchamba, Davit Kirkitadze, Zviad Natchkebia
Zaxiradan tushganlar: Davit Ubilava, Irakli Zaridze, Givi Ioseliani, Abdulakh Xaybullaev, Bakar Mirtsxulava.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!