"Lokomotiv" yangi futbolchilarni tanishtirdi (Foto)

  • 25 fevral, 2020, 15:35
  • 3
  • Futbol

Toshkentdagi "Orient Finans Bank" majlislar zalida "Lokomotiv" yangi mavsum oldidan o‘z tarkibiga qo‘shib olgan futbolchilarning tanishtiruv marosimini o‘tkazdi.

Ushbu tadbirni "Lokomotiv" bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov hamda bosh murabbiy Andrey Fyodorov ochib berishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

To‘labek Akramov: - Barchani yangi mavsum bilan tabriklayman. Chempionatdagi jamoalarga omad tilayman. "Lokomotiv" 2019 yilning dekabridan buyon yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoa BAAda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazdi. Bu biz uchun OChL pley-off bahsiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab berishi kerak edi. Afsuski, o‘yinda omadimiz kelmadi. Alamli mag‘lubiyatga uchradik. Umuman olganda, jamoamiz shundan so‘ng bir necha sinov-nazorat o‘yinlarini o‘tkazdi. Xatolar ustida ishladik, murabbiylar shtabi ham muammolarni ko‘rib chiqishdi.

1H4A8405

Andrey Fyodorov: - Xayrli kun. "Lokomotiv" ushbu mavsumda umuman boshqacha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Jamoamiz matbuot ko‘z o‘ngida yangi mavsumga tayyorlandi. Jamomiz yana yangicha ko‘rinish olmoqda. Garchi ko‘plab futbolchilar jamoani tark etib, yangilar olingan bo‘lsa-da, mavsumdagi vazifalarimiz o‘zgarmaydi. Yangi futbolchilarning sifatlari anchagina yuqori va ular jamoani kuchaytira olishadi. Biz yig‘inlar davomida yoshlik va tajribani uyg‘unlashtirishga intildik. Jamoani kim boshqarsa ham, kimlar o‘ynasa ham, bizning maqsadlarimiz o‘zgarmaydi. Sovrinlar yutish - "Lokomotiv"ning asosiy vazifasi.

- "Lokomotiv"ni qishda Islom To‘xtaxo‘jaev tark etgandi. Xitoydagi muammolar sabab uning klub bilan shartnomasi bekor qilingan deb eo‘ittim. U "Lokomotiv"ga qaytishi mumkinmi?

Andrey Fyodorov: - Islom dekabrda Xitoyga ketgandi. U borasidagi vaziyatni kuzatib boryapmiz. U jamoamiz tarkibida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Hozirda ham u Xitoy chempionatining boshlanishini kutyapti. U o‘z kuchini boshqa chempionatda sinab ko‘rishini qattiq istamoqda.

- Sobiq futbolchilarning yana jamoaga qaytarishga nima sabab bo‘ldi?

- Ularning mahorati. Jamoaga tajribali futbolchilar kerak. Boshida aytgandim, bizga tajribali va yoshlik o‘rtasidagi balans kerak. Ular o‘yindagi holatni ushlab tura olishadi.

- Tojikistonlik futbolchi borasidagi ish qanday yakun topdi?

- Alisher Jalilov bilan muzokaralar olib bordik. U bilan maoshini kelisha olmadik. Oybekni biz ancha vaqtdan buyon kuzatib bordik. U hozirda o‘zining yuqori jismoniy holatida. U shu orqali jamoaga katta foyda keltira olishi mumkin. Bizga sifatli futbolchilar kerak. Bu borada biz rahbariyat bilan doimo muloqotdamiz va har tomonlama o‘ylab ko‘rib ish qilamiz.

Shundan so‘ng futbolchilar tanishtirildi

Shahzod Shaymanov 4-raqam

Davron Umirov 6-raqam

Kaxi Maxaradze 7-raqam

Kirill Pogrebnyak 9-raqam

Slavko Damyanovich 5-raqam

Marat Bikmaev 10-raqam

Kamron Saydazimov 22-raqam

Abdul Aziz Yusupov 23-raqam

Oybek Qilichev 70-raqam

Sherzod Fayziev 37-raqam

newcomers-750x406

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sadulla Xikmatov
25/02/2020 23:24
Махтанма пахтакор зўр
&
fc.navbahor
25/02/2020 22:22
Xamani joniga tekan loko esiz shuncha pular bularga tojiklar qoqip ketiku
Bahrom Yunusov
25/02/2020 21:06
Bikmayev zaybal bomadimikin