
O‘zbekiston yarim finalda qaysi jamoa bilan va qachon o‘ynaydi?
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi chorak final bosqichi doirasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib bordi. Unda hamyurtlarimiz 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Birinchi golni Husain Norchaev kiritgan bo‘lsa, ikkinchi golga Umarali Rahmonaliev mualliflik qildi. Shuningdek, 70-daqiqada raqiblar a’zosi Ayman Yahyo ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.
Yarim finalga yo‘l olgan olimpiyachilarimiz mazkur bosqichda Indoneziya termasi bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuv 29 aprel kuni soat 19:00da start oladi.
Fikrlar