
"Lokomotiv"ning portugaliyalik ustozi: "Qizilqum"ga rahmat
Bugun Superliganing 4-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Qizilqum” (1:1) bahsi bo‘lib o‘tdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Mikael Sekeyra ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
-Juda chiroyli o‘yin bo‘ldi. Futbolchilar g‘alaba qozonishga harakat qildi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda o‘yinchilarimning faolligi yuqori bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limga birinchi navbatda hisobni tenglashtirish uchun chiqqan edik. Bunga erishdik. Ammo g‘alaba qozona olmadik. Lekin o‘yin oxirigacha bizda yana gol urish uchun ko‘plab yaxshi vaziyatlar vujudga keldi. Biz o‘zimiz tuzgan reja bo‘yicha harakat qildik. Ammo baribir g‘alaba qozona olmadik.
Yigitlar barchasi qo‘ldan kelgancha harakat qildi. Natija uchun esa javobgar menman. Shu o‘rinda menda hali ham yangi chempionatga moslashish jarayoni davom etmoqda. Lekin kelajakda shu futbolchilar bilan albatta natija ko‘rsatamiz. Bunga ishonaman.
Chiroyli o‘yin uchun “Qizilqum”ga rahmat aytaman. Qolaversa, o‘yinni yaxshi boshqargani uchun uchrashuv hakamlariga ham minnatdorchilik bildiraman.
Fikrlar