"Lokomotiv"ning sobiq rahbari Jasur Jaloliddinovning agentiga javoban: Ha, albatta. U Joaudan kuchliroq, xuddi O‘zbekiston termasi Portugaliyadan kuchliroq bo‘lgani kabi

  • 19 iyul, 2020, 00:15
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning “Lokomotiv” jamoasiga ko‘chib o‘tayotgan “Bunyodkor” futbolchisi Jasur Jaloliddinovning agenti Yuriy Belous Rossiya ommaviy axborot vositalariga mijozi Joau Mariudan kuchliroq ekanligini aytgandi.

Tecno

Shundan so‘ng, "Lokomotiv"ning sobiq bosh direktori Ilya Gerkus tvitterdagi o‘zining sahifasida agentning bu fikrlariga javob qaytardi.

- Ha, albatta. U Joau Mariudan kuchliroq, xuddi O‘zbekiston termasi Portugaliyadan kuchliroq bo‘lgani kabi, - deya yozib qoldirdi Gerkus tvitterdagi sahifasiga.

jaloliddinov2_1_1

The Guardian ekspertlari talqiniga ko‘ra, o‘z yoshida dunyoning eng yaxshi 60 nafar futbolchisi ro‘yxatiga kiritilgan Jasur Jaloliddinovni Moskvaning "Lokomotiv" klubi 350 ming evroga sotib olayotgani ma’lum qilindi.

Hamyurtimizga Turkiyadan ham qiziqish bo‘lgandi. Biroq u "Beshiktosh"dan ko‘ra "Lokomotiv"ni tanladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Asliddin Usmonov
19/07/2020 08:37
Yuriy Belous ўзбекчилик нималигини яхши тушинади шеккилли!