
Lomachenko: Garsiyaga qarshi ringga chiqish aqlsizlikdir
WBA engil vazn toifasida jahon chempioni Vasiliy Lomachenko jarohati va keyingi jangini kimga qarshi o‘tqazishi haqida aytib o‘tdi.
- Jarohat olganimdan oldin elkamda og‘riq sezgandim va zarba berish uchun bor kuchimni ishlatishga majbur bo‘ldim.
Bunday tanaffusdan so‘ng Mayk Garsiyaga qarshi ringga chiqish aqlsizlikdan dalolat berardi. Xozirgi holatimdan kelib chiqib Beltran bilan kuch sinashishni xohlardim. Albatta, Garsiya – Lomachenko qarama-qarshiligi meni ham qiziqtiradi, biroq bu kabi jang tashkil etish uchun vaqt kerak, - deya Lomachenkoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi LA Times.
Ma’lumot uchun, Vasiliyning keyingi jangi 8 dekabr bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Fikrlar