"London Chess Classic 2025": Nodirbek Abdusattorovni hech kim to‘xtata olmayapti!

  • 01.12.2025 01:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Shaxmat

Xabaringiz bor, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov "London Chess Classic 2025" turnirida ishtirok etmoqda. Vakilimiz bugun oq donalarda Nikolas Seodorouni mag‘lub etib, ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va peshqadamlikni mustahkamladi. 
 
Grossmeysterimiz bundan avval Maykl Adamsni taslim etishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, shaxmatchimiz turnirning ilk bahsida Gavain Maroroa Jones bilan murosa yo‘lini tanlagan edi. Ikkinchi turda esa Abhimanyu Mishrani mag‘lubiyatga uchratdi. Keyingi bahsda esa vakilimiz Nikita Vityugov ustidan chiroyli g‘alabaga erishdi va musobaqa jadvalida birinchilikni o‘z qo‘liga olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!