"London Chess Classic": Nodirbek Abdusattorov - chempion!
Nodirbek Abdusattorov navbatdagi bellashuvda Alireza Firouzja bilan durang o‘ynadi va chempionlikni rasmiylashtirdi!
Nodirbek "London Chess Classic" turnirida navbatdagi tarixiy natijani qayd etdi. Abdusattorov bu turnirda haqiqiy dominant o‘yin ko‘rsatdi: u ketma-ket 6 ta partiyada g‘alaba qozonib, eng yaqin ta’qibchilaridan 2 ochkoga oldinlab ketdi. So‘nggi turdagi Alireza Firouzjaga qarshi durang natija musobaqa yakuniga 1 tur qolganda uni turnir chempioniga aylantirdi.
Ma’lumot o‘rnida, vakilimiz musobaqani durang bilan boshlagan edi.

Fikrlar