London derbisida "Arsenal"ning qo‘li baland keldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasi 28-turining markaziy bahsida "Arsenal" "Tottenxem" ustidan irodali g‘alabani tantana qildi.

Uchrashuv "kanonirlar"ning to‘laqonli ustunligida kechdi. Biroq "shporlar" hisobni birinchi bo‘lib ochishdi. 33-daqiqada jarima maydoni ichida Erik Lamela raqib darvozasini chiroyli uslubda ishg‘ol qildi. 45-daqiqada esa Martin Edegor hisobni tenglashtiruvchi gol muallifi bo‘ldi. 64-daqiqada hakam "Tottenxem" darvozasiga belgilangan penaltini Aleksandr Lyakazett aniq amalga oshirdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Arsenal" ochkolari sonini 41 taga etkazdi va 10-o‘rinda qoldi, "Tottenxem" esa 45 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi.

O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!