
London klubi bosh murabbiyiga yangi shartnoma taklif qildi
Londonning “Kristal Pelas” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Roy Xojsonga yangi shartnoma taklif qildi. Bu haqda klub boshqaruv raisi Stiv Perish aytib o‘tdi.
“Biz Xojsonga yangi shartnoma taklif qildik. U bilan muzokaralar davom etmoqda, ammo hozir bor e’tiborimiz bo‘lajak o‘yinlarga qaratilgan. O‘ylaymanki hammasi ijobiy hal bo‘ladi”, - deydi Perish.
Eslatib o‘tamiz, 72 yoshli mutaxassis boshqaruvidagi “Kristal Pelas” ayni damda APL musobaqa jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar