London klubi MYu xavbekini qo‘lga kiritmoqchi
Daily Mirror nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted yarim himoyachisi Eynjel Gomes yozda "Chelsi" tarkibiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Angliyalik yosh iqtidor egasining mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘nggida yakuniga etadi. Oldinroq, 19 yoshli futbolchi MYuning yangi kelishuv bo‘yicha taklifiga rad javobini bergan edi.
Londonliklar esa Gomes uchun asosiy tarkibda doimiy o‘yin amaliyoti berish orqali o‘z tomoniga og‘dirib olishni rejalashtirishmoqda.

Fikrlar