Londonda O‘zilga noma’lum qurollangan shaxslar hujum qilishdi (video)

  • 26 iyul, 2019, 09:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil qurollangan odamlar tomonidan hujumga uchradi.

Daily Mail nashrining yozishicha bu voqea London ko‘chalarining birida sodir bo‘lgan. Ikki noma’lum shaxs uning mashinasini quvib o‘tib, to‘xtatishdi. Ularning qo‘llarida pichoqni ko‘rgan futbolchi yaqin atrofda joylashgan turk restoranidan yordam so‘rab yugurdi.

Ta’kidlash kerakki, o‘sha paytda O‘zilning mashinasida “Arsenal”ning boshqa bir a’zosi – Saed Qolashinats ham bor edi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, jinoyatchilar esa politsiya etib kelgunicha g‘oyib bo‘lishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Alijon Gazarov
26/07/2019 11:00
Koloshinas qutqarib qoldi Ozilni malades