Lopetegi APLga qaytishi mumkin
- Izohlar: 0
- Futbol
Ayni paytda ishsiz yurgan Xulen Lopetegi APLga qaytishi mumkin. Uni "Nottingem Forest" kuzatib bormoqda. Bu haqda "The Guardian" nashri xabar tarqatdi.
Ayrim manbalar ta’kidlashicha, "o‘rmonchilar" APLning 16-turida "Vulverxempton"ga mag‘lub bo‘ladigan bo‘lsa, bosh murabbiy Stiv Kuper o‘z lavozimidan ozod qilinishi mumkin. Uning boshqaruvidagi jamoa ushbu mavsum APL doirasida 15 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 martagina g‘alaba qozondi. Klub hisobida 4 ta durang va 8 ta mag‘lubiyat bor.
Ma’lumot uchun, Lopetegi yozda "Vulverxempton"ni tark etgandi. U klubni transferlar oynasida faol ishlamagani uchun, rahbariyat bilan kelisha olmay, shartnomani muddatidan oldin bekor qilgandi. Shundan keyin unga Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi jiddiy qiziqish bildirdi, lekin ispan taklifni rad qilib, APLga qaytmoqchi ekanini bildirdi.