Loris kumush medaldan afsuslanmasa ham bo‘laveradi

  • 25 dekabr, 2022, 13:09
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Tottenxem» bosh murabbiyi Antonio Konte frantsiyalik darvozabon Ugo Lorisning Qatarda bo‘lib o‘tgan JCh-2022dagi o‘yiniga yuqori baho berdi.

"Bir tomondan, frantsuzlarning natijadan hafsalasi pir bo‘lganini tushuna olaman, biroq boshqa tomondan, ular ketma-ket ikkinchi marta jahon chempionati finaliga chiqishdi. Bundan faxrlansa arziydi.

Bu juda katta yutuq, turnirda zafar qushich haqiqatan ham qiyin, biroq Ugo allaqachon ushbu kubokni qo‘lga kiritgan. Uning uchun faoliyatida ketma-ket ikkinchi marta jahon chempionligini qo‘lga kiritish imkoni bor edi.

Omad undan yuz o‘girdi, lekin bu uning ajoyib darvozabon ekanligiga mo’ne qila olmaydi. U Frantsiya terma jamoasi sardori va menimcha, finalga chiqishni haqiqatan ham g‘alabaga teng deyish mumkin", - dedi Konte.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!