Los-Anjeles-2028: Veloklublar faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha tavsiya berildi

  • 4 dekabr, 2024, 18:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

MOQ rahbariyati federatsiya hamda assotsiatsiyalarning Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik taqdimoti bilan tanishishda davom etadi. Bugun kunning birinchi yarmida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasining rejalari muhokama qilindi.

Ta’kidlash joiz, ushbu sport Olimpiya o‘yinlarida eng ko‘p litsenziya va medallar jamlanmasi o‘ynaladigan yo‘nalishlardan hisoblanadi. Biroq so‘nggi Olimpiadalarda velosportchilarimiz kam sonli yo‘llanmalar bilan cheklanib qolishmoqda. Suhbat davomida ushbu jihat tanqid ostiga olinib, kelgusida terma jamoamiz yo‘llanmalar bilan cheklanib qolmay, sovrinli o‘rinlar uchun kurashishi lozimligi bildirildi.

Federatsiya mas’ullari ayni shu maqsadda terma jamoalarga uch nafar xorijiy murabbiy jalb etilgani, ular reja asosida nafaqat kattalar, balki yoshlar jamoasi bilan ham ishlab borishi ko‘zda tutilganini ta’kidlashdi. Mutasaddilar tashrif davomida federatsiyaning moddiy texnik bazasini ham ko‘zdan kechirishdi. O‘rganish ishlari davomida klublar faoliyatini yanada kuchaytirish, ularning nufuzli xalqaro musobaqalardagi ishtirokini ta’minlash kabi mavzularga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Rejaga ko‘ra, kun davomida O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasining rejalari ham ko‘rib chiqiladi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!