Lovren debyut o‘yinidayoq sovrinli bo‘ldi

  • 8 avgust, 2020, 10:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumlar oralig‘ida “Liverpul”dan “Zenit”ga ko‘chib o‘tgan himoyachi Deyan Lovren kecha “Lokomotiv”ga qarshi bo‘lib o‘tgan Rossiya Superkubogida o‘z debyutini nishonladi.

E’tiborlisi, xorvatiyalik futbolchi piterliklar safidagi dastlabki o‘yinidayoq sovrin qo‘lga kiritdi. Uning o‘zi bu borada instagramdagi sahifasida fikr qoldirdi.

“Birinchi o‘yin, birinchi sovrin. Ajoyib ish, ajoyib yigitlar”, - deb yozadi xorvatiyalik futbolchi instagramdagi sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!