Lovren "Zenit"da qachon debyut qiladi?

  • 4 avgust, 2020, 12:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yozgi transferlar davrida “Liverpul”dan “Zenit”ga ko‘chib o‘tgan himoyachi Deyan Lovren o‘zining yangi jamoasidagi debyut uchrashuvini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi.

Bobsoccer tarqatgan xabarga qaraganda, 31 yoshli xorvatiyalik futbolchi 7 avgust kuni “Lokomotiv”ga qarshi bo‘ladigan Rossiya Superkubogida “Zenit” safida ilk bor maydonga tushadi.

Gap shundaki, piterliklarda Lovrendan boshqa variant yo‘q. Chunki, jamoaning asosiy markazi himoyachisi Branislav Ivanovich allaqachon klubni tark etgan, boshqa bir himoyachi Yordan Osorioning jamoadagi taqdiri esa hali noma’lum. “Zenit” uning ijara shartnomasini uzaytirish bo‘yicha hozircha kelishuvga erishgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!