Luchano Spaletti Osiyo terma jamoalaridan birini boshqarishi mumkin!

  • 27.09.2025 22:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Luchano Spaletti Eron terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. 

Eron termasi rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Amir G‘alenoyining natijalaridan norozi. Shu sabab uning o‘rniga xorijlik mutaxxassis varianti ko‘rilmoqda. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, forslar Spalettining agentiga taklif bilan chiqqan.

Bundan tashqari, G‘alenoyi va terma jamoaning etakchilari o‘rtasida munosabatlar yaxshi emas.

Eslatib o‘tamiz, Eron Jahon Chempionati yo‘llanmasini naqd qilib bo‘ldi. Forslar oktyabrdagi FIFA kunlarida mundialga tayyorgarlik doirasida Tanzaniya va Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!