Luis Enrike Ansu Fati haqida gapirdi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike 17 yoshli Ansu Fatining maydonda o‘zini tutishidan hayratga tushayotganini aytdi.
Ta’kidlash lozimki, “Barselona” futbolchisi kecha UEFA Millatlar ligasidan o‘rin olgan Ukrainaga qarshi o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol etdi va shu tariqa Ispaniya terma jamoasi tarixida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.
“Bun normal holat emas. Chunki, uning yoshidagi futbolchilar tez shov-shuvga beriladi, ammo Ansu o‘zi tanlagan yo‘lda davom eta oladigan darajada etuk. U oyoqlarida mustahkam turibdi”, - deydi Enrike.
Fikrlar