Luis Enrike “Real”dan norozi yulduzni olib ketmoqchi
Frantsiyaning amaldagi chempioni “Pari Sen-Jermen” bosh murabbiyi Luis Enrike jamoasining hujum chizig‘ini kuchaytirishga ehtiyoj seza boshladi.
Sport.es saytining yozishicha, parijliklar Luis Enrikening bu talabini qondirish uchun qishki transferlar davrida “Real”da etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan braziliyalik legioner Endrikni mavsum oxiriga qadar ijaraga olmoqchi.
Ma’lum bo‘lishicha, PSJ rahbariyati ilgari ham Endrikning faoliyatini kuzatib kelgan va o‘yinchi “Qirollik klubi”ga o‘tmasidan oldin uni transfer qilishga uringan.
“Real” xo‘jayinlari 19 yoshli hujumchi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun uni ijaraga jo‘natishga tayyor. Qizig‘i shundaki, madridliklar Endrikni aynan PSJga o‘tishiga qarshi chiqyapti. “Qirollik klubi” mutasaddilari futbolchiga “Yuventus”, “Real Sosedad” va “Vest Xem” variantlarini taklif qilmoqda.
Joriy mavsumda “Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso braziliyalik futbolchini birorta uchrashuvda maydon tushirmadi. Endrikning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha davom etadi.



Fikrlar