Luis Enrique PSJdan "Real" ko‘zlagan futbolchini olishni talab qilayapti
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrique 27 yoshli ispaniyalik tayanch yarim himoyachi Martin Subimendi bilan shartnoma imzolashni istamoqda. Bu haqida El Nacional nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Luis Enrique Subimendining ayniqsa himoyadan to‘p chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish, raqib bosimi ostida ham xotirjam o‘yin ko‘rsatish va jamoani maydonning chuqur qatlamidan qo‘llab-quvvatlash qobiliyatini yuqori baholaydi.
Avvalroq, Rodri «Barselona» bilan shartnoma tuzishni ma’qul ko‘rgach, Subimendiga «Real» tomonidan ham qiziqish paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Martin Subimendi 2025 yildan buyon Londonning «Arsenal» jamoasida to‘p surmoqda, ungacha u «Real Sosyedad» sharafini himoya qilgan.
Ilgariroq «Real»ning qiziqishi haqidagi mish-mishlar fonida ingliz klubi rahbariyati yarim himoyachini sotish yoki uning transferi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar