Luis Enrique: Xvicha kelajakda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkin

  • 10.09.2026 13:53
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrique jurnalistlar bilan suhbatda gurjistonlik yarim himoyachi Xvicha Kvaratsxeliyaning «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

 

Uning soʻzlariga koʻra, Xvicha kelajakda futbol dunyosidagi eng nufuzli individual mukofotga daʼvogarlik qilish imkoniyatiga ega futbolchilardan biri hisoblanadi. Enrique RMC Sport nashriga bergan intervyusida Kvaratsxeliya bilan bir qatorda Vitinʼya, Fabian Ruis va Usman Dembele ham kelajakda «Oltin toʻp» uchun kurasha oladigan futbolchilar qatorida ekanini taʼkidladi.

 

«Murabbiy sifatida men uchun juda yoqimli holat – jamoamda «Oltin toʻp»ga nomzod boʻlishi mumkin boʻlgan bunchalik koʻp futbolchining toʻplanganim», – deya qoʻshimcha qildi Luis Enrique.

 

Eslatib oʻtamiz, joriy yilda Xvicha Kvaratsxeliya «Oltin toʻp»ga daʼvogarlik qiluvchi 30 nafar futbolchi roʻyxatiga kiritilgan. Qator mutaxassislar uni mukofot uchun asosiy favoritlardan biri sifatida tilga olmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!