Luis Suares Lionel Messi bilan munosabatlari haqida gapirib o‘tdi

  • 28 yanvar, 2020, 10:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" forvardi Luis Suares Lionel Messi bilan do‘stligi va klubdagi dastlabki vaqtlari haqida eslab o‘tdi.

Tecno

"Messi menga shaxsiy masalalarda juda ko‘p yordam bergan, - deya so‘zini boshladi Suares. - U bilan klubdagi dastlabki daqiqalardanoq do‘st tutindik. Leo dunyoning eng kuchli futbolchisi ekanligini barcha yaxshi biladi. Uning o‘zi ham buni isbotlab ulgurgan.

Leo haqiqiy do‘st, u buni ko‘p marotaba namoyish etgan. 2016-yilda "Oltin butsa" uchun kurashishimda ko‘maklashgandi, yaqinda esa "Eybar"ga qarshi bahsda o‘zi hal qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatda to‘pni menga uzatdi", - deydi Suares.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!