Luis Suares Messining yonidan ketadi. Hujumchi o‘ziga yangi jamoa tanladi
Evropadagi yorqin faoliyatidan keyin Urugvay va Braziliya chempionatlarida o‘ynagan, keyinchalik Lionel Messi bilan yana birga faoliyat olib borish uchun 2024 yilning boshida “Inter Mayami”ga kelgan Luis Suares kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi.
TyC Sports nashri xabariga ko‘ra, 38 yoshli futbolchi “Inter Mayami” bilan shu yilning 31 dekabrida tugaydigan shartnomasini uzaytirmaydigan bo‘ldi.
Futbolchi o‘zini voyaga etkazgan va 2022 yilda qisqa vaqt o‘ynagan Urugvayning “Nasonal” jamoasiga qaytish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Luis Suares Florida klubini tark etishiga Xaver Maskerano qo‘l ostida asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgani asosiy sabab qilib ko‘rsatilyapti.
Suares 2025 yil davomida “Inter Mayami” jamoasi safida barcha turnirlarda 42 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini 14 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 15 ta golli pas uzatdi.



Fikrlar