Lukaku APLga qaytishi mumkin
“Napoli” sharafini himoya qilib kelayotgan Romelu Lukaku yozgi transferlar oynasida Angliya Premier-ligasiga qaytish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
The Touchline nashri jurnalist Grэм Bэйliga tayanib xabar berishicha, Lukakuning atrofidagilar bir nechta APL klublari bilan aloqa o‘rnatib, ehtimoliy transfer variantlarini o‘rganishni boshlagan.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli futbolchining neapolliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali hozirda uning transfer qiymatini 12 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar