
Lukaku bir kun kelib “Chelsi”ni barbod qiladi
“Liverpul”ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager “Chelsi” hujumchisi Romelu Lukakuni vaqti sekinlashtirilgan bombaga o‘xshatdi.
Bu mutaxassisning fikricha, belgiyalik hujumchi “Manchester Yunayted”da o‘ynagan davrdan beri hech qancha o‘zgarmagan va bir kelib, “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoasi Lukakusiz kuchliroq ekanini tushunib etadi.
- “Chelsi” Lukakuni xarid qilganida hamma uning “Manchester Yunayted”da o‘ynagan davrdan beri o‘zgarganiga ishongan edi. “Stemford Brij”ga qayganiga olti oy bo‘lganida bularning bari yolg‘on taassurot ekani aniq bo‘ldi.
Romelu Lukaku “Inter”da Antonio Konte qo‘l ostida ikki mavsum o‘ynab,taktik o‘yin usullarini o‘zlashtirgani haqidagi fikrlar ham o‘zini oqlamadi. Tomas Tuxel “Manchester Yunayted” majburan “Inter”ga sotib yuborgan hujumchi bilan ishlashga majbur.
Lukaku “Chelsi” uchun vaqti sekinlashtirilgan bomba. O‘yinchilarning bir-biriga bo‘lgan sabr toqati tugagan kuni u portlaydi, - dedi Jeymi Karrager.
Fikrlar