
Lukakuda "Yuve" varianti o‘xshamadi. Endi u Shomurodov o‘rnini to‘ldirishi kutilyapti
Transfer huquqi "Chelsi"ga tegishli bo‘lgan Romelu Lukaku "Yuventus" bilan kelisha olmadi. Endi futbolchi uchun kurashga "Roma" qo‘shildi. Bu haqda "Daily Telegraph" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, rimliklar futbolchini ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Klub allaqachon "Chelsi" bilan muzokaralarga kirishgan.
Lukakuda "Roma"dan tashqari "Barselona" varianti ham mavjud.
Fikrlar