Lukakudan voz kechmasak bo‘lmaydi!

  • 25 fevral, 2022, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” rahbariyati Tomas Tuxel taktikasi moslasha olmayotgan Romelu Lukakudan voz kechishga qaror qildi.

“Aristokratlar” yozda “Lillya” hujumchisi Jonatan Devidni transfer qilmoqchi va unga joy ochish uchun jamoadan ketish payida yurgan belgiyalik forvardni sotib yuboradi. Bu haqda Goal nashri xabar tarqatdi.

Jonatan Devid sermahsul o‘yini bilan qator grand klublar e’tiborini o‘ziga qaratmoqda. Kanadalik hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qildi.

“Lill” 2020 yilning yozida 22 yoshli hujumchini olish uchun Belgiyaning “ Gent” klubiga 27 million evro to‘lagan edi. Bugungi kunda iste’dodli to‘purarning transfer summasi 50 million evroga etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!