
Lukas Moura "yo‘lning boshi"ga qaytishi mumkin
PSJ va "Tottenxem"ning sobiq hujumchisi Lukas Moura Braziliyaga qaytishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, "San-Paulu" erkin agent hisoblangan hujumchining transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Moura "San-Paulu" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2010 yildan 2013 yilgacha ushbu klub sharafini himoya qilgan.
U o‘tgan mavsum "shporlar" safida APL doirasida 15 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylangan.
Fikrlar