
Lunin "Real"da asosiy tarkib uchun kurashishga ahd qilgan
"Real" darvozabon Andrey Lunin bilan shartnomani uzaytirish arafasida turibdi. Bu haqda Ispaniyaning taniqli "Relevo" nashri xabar berdi.
25 yoshli posbon Tibo Kurtuaning og‘ir jarohati fonida jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylandi. U "Chelsi"dan ijaraga olingan Kepa Arrisabalagani ham raqobatda dog‘da qoldirdi. Shu bois ikki tomon ham bitimni uzaytirish niyatida.
Agar shartnoma uzaytirilsa, Lunining maoshi sezilarli darajada oshadi. Rahbariyat uni joriy mavsumdagi ajoyib o‘yinlari uchun rag‘batlantirishni maqsad qilgan.
Fikrlar