
Lushchan "Navbahor"ning safarda qo‘lga kiritgan yirik g‘alabasiga qanday izoh berdi?
Superligada 25-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Navbahor" safarda "Qizilqum" bilan kuch sinashdi va 5:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Sifatli, yaxshi o‘yin ko‘rdik. Natija va o‘yindan qoniqdim. Qo‘shimcha qilishga xojat yo‘q.
- Hamrobekov uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlamaganining sababi nima?
- U deyarli butun mavsumni to‘liq o‘tkazmoqda. Terma jamoa va klubda zaxirasiz o‘ynadi. Bahs oldidan uni maydonga tushirmoqchi emas edik. Ayrim muammolar sababli, 4 futbolchi maydonga tushmadi va undan biroz yordam berishni so‘ragan edik. Shunday hal bo‘ldi.
- Kelasi mavsum jamoani yoshartirish maqsadi qo‘yilganmi?
- Jamoa strategiyasi yoshlarga, mahalliy futbolchilarni jamoaga jalb etishga qaratilgan. Unga kim murabbiylik qilishi hozircha ma’lum emas.
- "Navbahor"ning ko‘plab etakchilari "Neftchi"ga o‘tayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Bu haqida fikringiz?
- Balki, shundaydir. Bu masalada aniq bir gap ayta olmayman. Mavsum oxirida hammasi hal bo‘ladi. Barcha futbolchilar ko‘proq haq to‘laydigan jamoalarga o‘tadi. Bu ularning ishi. Bu borada biror narsa deya olmayman.
Fikrlar