Lyov davrida Germaniya terma jamoasida nechta futbolchi debyut qilgan?

  • 12.11.2020 13:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kecha Chexiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Germaniya terma jamoasi safida 2 ta futbolchi o‘z debyutini nishonladi. Aniqrog‘i, himoyachilar Ridle Baku ("Volfsburg") va Filipp Maks (PSV) ilk bor "Bundestim" safida maydonga tushdi.

Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra, Baku va Maks Yoaxim Lyovning bosh murabbiylik davrida Germaniya terma jamoasida debyut qilgan 111- va 112-futbolchilar bo‘ldi.

60 yoshli Lyov Germaniya terma jamoasini 2006 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!