
Lyubinko Drulovich Avstraliyaga qarshi o‘yinda futbolchilarni ruhlantirish uchun birgina asosiy sabab borligini aytdi (Matbuot anjumani)
Xabaringiz bor, Tailandda 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.
25 yanvar kuni ushbu musobaqaning 3-o‘rin uchun o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Avstraliya bilan bellashadi. Bugun esa uchrashuvdan oldingi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda dastlab, terma jamoamiz ustozi Lyubinko Drulovich qatnashdi.
Lyubinko Drulovich: Ertaga muhim, mas’uliyatli o‘yin kutmoqda. Avstraliyaga qarshi bahs qiyin bo‘ladi. Ular 4-4-2 taktikasida o‘ynaydi. Raqibimiz shakllangan jamoa. Biz ham o‘z navbatida bor mahoratimizni ishga solamiz. Sababi bu o‘yin butun O‘zbekiston uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini bilib turipmiz. Shuning uchun ortga yo‘l yo‘q. Bo‘lajak bellashuvda O‘zbekiston xalqini xursand qilmoqchimiz.
Yigitlarni ruhlantirish uchun birgina asosiy sababimiz bor, ya’ni hali ham Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Bu o‘yinning ahamiyatini futbolchilar yaxshi tushunib turishibdi. Buning uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.
Avstraliyaga qarshi o‘yinlarning natijasi bu O‘zbekistonga ta’sir qilmaydimi? Yo‘q, uchrashuvdan oldin imkoniyatlar 50-50. Shuning uchun bu fikrlar bizga yomon tomondan ta’sir qiladi, deb o‘ylamayman.
23 yanvar kuni Doston Ibragimovning tug‘ilgani kuni bo‘ldi. Uning kayfiyati yaxshi edi? To‘g‘ri, uning kayfiyati yaxshi. U mahoratli futbolchi. Balki ertangi bellashuvda Doston maydonga tushib, bir yoki ikkita gol urar. Asosiysi, ertaga bir jamoa bo‘lib harakat qilsak, hammasi yaxshi bo‘ladi. Qolaversa, o‘yin nafaqat bizga, balki Avstraliyaga ham oson bo‘lmaydi.
Islomjon Qobilov: O‘yinga o‘zimizni tiklab olishimiz kerak edi 2-3 kun ichida. Oxirgi o‘yin barcha kuchimizni ishga solib, kuchli Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratishimiz kerak.
Fikrlar
Viloyatlarda svet uchmaydi ular bemalol televizorda ham kursa bulaveradi
AHIR ASOSIY FUTBOLCHILAR NASAFDANKU.
UZBEKISTONDA NOMER 1 MUHLIS NAMANGANDA BULSA , QORAQALPOQDA FUTBOLNI SEVMAYDIMI.
QACHOGACHA POYTAHT VILOYAT AJRATILATI BU RIVOJLANGAN DAVLATIMIZDA.QACHOGACHA VILOYATLILAR ETIMDAY YURADI.
TUPURDIM UZBEK FUTBOLIGA .
3 URIN AVSTRALIYANIKI BULSIN, ILOHIM
ULARDA BIR YURT----BIR VATAN .
HAFA BULMANGLAR QANI BIRORTA VILOYATLI MUHLIDLAR BILDIMI BU HABARNI
AFSUS ,AFSUS UZBEK FUTBOLI
AFSUS ,AFSUS OILASIDAN QISIB FUTBOL UCHUN PUL AJRATIB ,STADIONGA TUSHADIGAN MUHLIS.
Бундан ташкари уйиннинг охирши 15 минутига алохида эътибор каратинглар. Агар вазият куйиб берса уша охирги 15 минутга камида 2 та зур уйинчини захирадан тушириш керак, токи уша уйинчилар уйин такжирини хал килсинлар.
2016 ймлги уйиндаям охирги 10 минутда 2 та гол утказиб, Австралияга галабани бериб куйишимизга оз колганди.