
Lyubinko Drulovich gol o‘tkazib yuborganda ham yirik hisobda g‘alaba qozonishimizga ishongani, Evropacha o‘yin uslubi va navbatdagi raqib Saudiya haqida
Hozirgina Osiyo chempionati chorak finalidan o‘rin olgan BAA - O‘zbekiston uchrashuvi yakunlandi. Unda terma jamoamiz 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.
Bellashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz ustozi Lyubinko Drulovich quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
- G‘alaba qozonganimizdan juda mamnunman. Lekin bu osonlikcha qo‘lga kiritilmadi. Raqib ham yaxshi o‘yin namoyish etdi. Darvozabonimiz uchrashuv boshida ajoyib seyv namoyish etgani uchun biz o‘zimizni qo‘lga oldik. Natijada muhim g‘alabani rasmiylashtirdik.
Men bu jamoa bilan 1 yildan beri ishlayapman. O‘zbekistonda noyabrda chempionat yakunlandi. Biz yaqindagina rasmiy o‘yin o‘tkazdik. Tabiiyki, sekin-asta o‘z formamizga kirib boryapmiz. O‘ylaymanki, keyingi bahsda ham futbolchilarning jismoniy jihatdan yaxshi tayyorlay olamiz.
Gol o‘tkazib yuborganimizda ham g‘alaba qozonishimizga ishongandim. Shogirdlarimga to‘la ishonaman. Biz yirik hisobda g‘alaba qozonishimizni taxmin qilgandim. Keyingi bellashuvda ham chiroyli g‘alabalarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.
Bugun O‘zbekiston Osiyo jamoalarga mos o‘yin ko‘rsatmadi, qaysidir tomoni bilan Evropacha usulda o‘ynadi? Biz murabbiylar Serbiyadanmiz. O‘zim shunday o‘yin tarafdoriman. Shogirdlarimga bu borada ko‘rsatmalar beryapmiz. Ular esa o‘qtirganlarimizni yaxshi bajarishmoqda.
Saudiya Arabistoni bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida 2:2 hisobida durang o‘ynagandik. Bu gal esa navbatdagi uchrashuvga etarlikcha hozirlik ko‘ramiz. Bahona emasku, lekin ular bizga qaraganda ko‘proq dam olishdi. Ammo biz bo‘lajak bahsda g‘alaba uchun maydona tushamiz, - dedi Drulovich.
Fikrlar