"Madrid derbisi". "Atletiko" so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

  • 05.02.2024 02:56
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

La Liga doirasida bo‘lib o‘tgan "Madrid derbisi"da tomonlar durangga imzo chekdi. 

Uchrashuvning 20-daqiqasida Braim Dias mehmonlar darvozasi oldida yuz bergan palapartishlikdan foydalanib ketdi va hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda bo‘lsa Lorente boshi bilan gol urib, imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. 

Mazkur bahsdan so‘ng "Real" turnir jalvalida 1, "Atletiko" esa 4-o‘rinda qoldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!