Madrid EChL finalini kutmoqda

  • 10 iyun, 2020, 06:20
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Joriy yilgi Evropa chempionlar ligasining finali uchun Madrid shahri mezbonlik qilishi mumkin.

Shahar meri Xose Luis Martines-Almeyda poytaxt nufuzli turnirni qabul qilishga to‘laqonli tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

"Madrid uchun katta yangilik bo‘lar edi, bu yo‘nalishda dastlabki qadamlar tashlangan", - deydi amaldor.

Agar vaziyat mer aytganidek rivojlansa, unda Madrid 21 asrda Chempionlar ligasi finaliga ketma-ket mezbonlik qilgan birinchi shaharga aylanadi.

Ayni vaqtda "Santyago Bernabeu"da ta’mirlash ishlari olib borilayotganini hisobga olinsa, final yana bir marotaba "Vanda Metropolitano"da o‘tkazilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!