Madrid superklubida kelishmovchilik boshlandi. Bosh murabbiy ketadi!

  • 08.02.2026 07:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Qishki transfer oynasidan so‘ng Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone va sport direktori Mateu Alemani o‘rtasidagi munosabatlar keskin  yomonlashdi.

Yuz bergan ziddiyat Simeone klub bilan 2027 yilning yarmigacha amal qiluvchi shartnomaga egaligiga qaramay, argentinalik mutaxassisning kelajagiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bu haqida Sport.es xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, klub sport direktori Mateu Alemani yozda Simeonening o‘rnini egalaydigan boshqa murabbiy topish uchun harakatlarni boshlab yubordi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Simeonening ketishi faqat Alemani bilan ziddiyatga borganiga bog‘liq emas. Rahbariyat jamoa natijalaridan qoniqmayotgani ham o‘zgarishga qo‘l urishda asosiy sabablaridan bo‘ladi.

Madridliklar jamoani boshqarish uchun Andoni Iraolani asosiy nomzod sifatida belgiladi. Biroq ispaniyalik mutaxassisning “Bornmut”dan ketish niyati yo‘q.

Simeone 2011 yilning dekabridan beri “Atletiko”ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida klub ikki marta Ispaniya chempioni bo‘lgan va Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!