Madridga kelasanmı? “Real” qimmatbaho chempiongа shartnoma taklif qildi
“Liverpul” tarkibida o‘tgan mavsum Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan fransiyalik himoyachi Ibrohim Konate faoliyatini Ispaniya chempionatida, aniqroghi Madriddning “Real” klubi safida davom ettirish imkoniyatiga ega.
Taniqli insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, “Real” sport bo‘limi mutasaddilari allaqachon fransiyalik futbolchiga taklif bilan chiqqan.
Gap uzoq muddatli shartnoma haqida ketmoqda: madriddliklar 26 yoshli himoyachiga 2031 yil yozigacha bo‘lgan kelishuv taklif qilishga tayyor. Buning uchun Konate Madriddga joriy mavsum yakunlangach, erkin agent maqomida ko‘chib o‘tishi lozim.
Konatening “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Ilgari futbolchi va ingliz klubi o‘rtasida shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolgani va kelishuv bo‘yicha hech qanday jiddiy siljish yo‘qligi xabar qilingan edi.
Qiziqishi shundaki, 2025 yil noyabr oyida The Athletic jurnalisti David Ornshteyn “Real” vakillari “Liverpul” rahbariyatini Konatega qiziqish yo‘qligi haqida xabardor qilganini ta’kidlagan edi.
Joriy mavsumda himoyachi “Liverpul” safida barcha musobaqalarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, himoyadagi vazifalarini bajargandan tashqari raqiblar darvozasiga bir juft gol urishni ham uddaladi.
Fikrlar