Madridliklar “Manchester Siti” yulduziga ko‘z tikdi

  • 5 iyun, 2024, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning ikkinchi klubi – “Atletiko” ham yozda o‘z tarkibini kuchaytirishga qaror qildi.

Marca nashrining yozishicha, madridliklarning asosiy nishoni sifatida “Manchester Siti”dagi jahon chempioni Xulian Alvares tanlandi.

“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone hamyurtiga “Manchester Siti”da etishmayotgan e’tiborni va’da qilyapti. Argentinalik yulduz “shaharliklar” safida Erling Xolandning soyasida qolib ketmoqda.

“Atletiko” murabbiylar shtabi Alvaresni asosiy hujumchi sifatida o‘ynatishga tayyor.

Bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. 24 yoshli hujumchi 90 million evroga baholanmoqda. Qolaversa, “Siti” uni qo‘yib yuborishga, Xulian esa, Ispaniyaga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!