Madridliklar “Real” va “Barsa” darvozasini teshib tashlagan hujumchini olmoqchi

  • 23 may, 2024, 19:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘ida jiddiy o‘zgartirishlar qilishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Diego Simeone birdaniga ikki hujumchi – Alvaro Morata va Memfis Depaydan voz kechishga tayyor.

Argentinalik mutaxassis hujum chizig‘ida “Real” darvozasiga bir o‘yinda to‘rtta gol urgan forvard Aleksandr Syorlottni ko‘rmoqchi. 28 yoshli hujumchi bu mavsum “Barselona” darvozasini ham ikki uchrashuvda bir martadan ishg‘ol qildi.

“Atletiko” nishonida “Jirona” hujumchisi Artyom Dovbik ham bor. Ukrainalik futbolchi “Barselona”ga qarshi ikkita uchrashuvda ham hisobni ochib, jamoasining ikki g‘alabasiga poydevor qo‘ygan edi.

Umumiy hisobda, La Ligada Syorlott 23 ta, Dosbik esa, 21 ta to‘p kiritdi. “Atletiko” hujumchilaridan Morata o‘z hisobiga 15 ta, Depay 5 ta gol yozdirib qo‘ydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!