Madridliklar “Real”ni supergol bilan tiz cho‘ktirgan Yaxshiboevni hech qachon unutmaydi!

  • 1 oktabr, 2021, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining guruh bosqichida ilk marotaba ishtirok etayotgan Moldovaning “Sherif” jamoasi sensatsiya qilishda davom etadi. Tiraspolliklar birinchi turda o‘z maydonida Ukrainaning “Shaxtyor” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etgani shov-shuv sifatida qabul qilingandi. Ko‘pchilik bu g‘alabani tasodifiy hisoblagandi.

Tecno

Haqiqiy sensatsiya oldinda ekan.

Dunyoning eng qudratli klublari sirasida turuvchi “Real” deyarli hech kim tanimaydigan futbolchilardan tarkib topgan “Sherif”ni mensimagan ko‘rinadi. Yulduzli jamoa katta ustunlik bilan g‘alaba qozonishi kutilgan uchrashuvda “Qirollik klubi” qaqshatqich zarbaga uchradi.

“Real”ni tiz cho‘ktirgan gol muallifi Jasur Yaxshiboev bo‘ldi. Hamyurtimiz o‘yinning yigirma beshinchi daqiqada Jasur Yaxshiboev jamoadoshi Kristiano oshirgan to‘pni boshi bilan mashhur darvozabon Tibo Kurtua darvozasiga joylab qo‘ydi. Kristiano jamoasining musobaqadagi uchta goliga assistentlik qildi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Chempionlar ligasida peshqadamga aylandi.

zhosur-yashiboev-sherif

O‘zbek yigitining bu gol “Real”ni tom ma’noda “sindirdi”. Yaxshiboev “Real”ning uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan arenasi  - “Santyago Bernabeu”da gol urgan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylandi. Madridliklar uni hech qachon unutmaydi.

Qolaversa, Yaxshiboev UEFA Chempionlar ligasida gol urgan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kirdi. Avval, Kievning “Dinamo”sida o‘ynagan  Maksim Shatskix “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli musobaqasida muntazam raqib darvozasini ishg‘ol qilib kelgan. Chempionlar ligasidagi birinchi golini 1999 yilda urgan Maksim Shatskix bu musobaqada to‘p kiritgan birinchi osiyolik futbolchi hisoblanadi. 

Bundan tashqari, Jasur faoliyatini tugatgan Maksim Shatskixdan keyin “Real”darvozasiga yo‘l topgan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi. Shatskix 2006-2007 yilgi mavsumda “Real” bilan bahsda dublga erishgan. Faqat Maksim bu ishni Kievda amalga oshirgan va uning gollariga ikki marta braziliyalik hujumni Ronaldo javob qaytargan edi.

9624187c135e0416f282152ea0a2c5f8

Yana o‘yin tafsilotiga qaytamiz. Supergoldan bir necha daqiqa o‘tib, Jasur Yaxshiboev yana raqib darvozasini ishg‘ol qilishi mumkin edi. “Qirollik klubi” himoyachilarini aldamchi harakatlar bilan chalg‘itib, berilgan zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

O‘z muxlislari ko‘z o‘ngida to‘p tepgan “Qirollik klubi” yulduzlari ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida penaltidan hisobni tenglashtirdi. Karim Benzema o‘ziga berilgan imkoniyatdan unumli foydalandi.

 “Real” hatto durang natijani ham ushlab qola olmadi.  Bellashuv yakunlanishi arafasida Sebastyan Til moldovaliklarga g‘alaba keltirgan faoliyatidagi eng muhim golni urdi.

“Real” nokaut bo‘ldi, “Sherif” navbatdagi sensatsiyasini rasmiylashtirdi – 1:2.

Qizig‘i, Moldova futboli tarixiga oltin xarflar bitilgan ushbu g‘alabada mahalliy futbolchilarning hissasi qo‘shilmadi. “Sherif”ning ukrainalik bosh murabbiy Yuriy Vernidub tarkibni xorijlik futbolchilardan shakllantirdi - Georgios Atanasiadis (Gretsiya), Kristiano (Braziliya), Gustavo Dulanto (Peru), Danilo Arboleda (Kolumbiya), Fernando Kostantsa (Braziliya), Sebasten Till (Lyuksemburg), Edmund Addo (Gana), Dimitris Kolovos (Gretsiya), Jasurbek Yaxshiboev (O‘zbekiston), Frank Kastaneda (Kolumbiya), Adama Traore (Mali).

Zaxiradan o‘yinga qo‘shilganlar ham legionerlar bo‘ldi -  Bruno (Braziliya), Keston Julen (Trinidad va Tobago), Boban Nikolov (Shimoliy  Makedoniya).

20210928_zaa_a181_104

Qiziqarli ma’lumotlar:

  • “Sherif”ning Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 11 ta uchrashuvga etdi. Jamoa saralash bosqichida ham biror marotaba engilmadi.
  • “Real” mavsumdagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
  • “Sherif”ning tarkibi “Real”nikida 64 marotaba arzon.
  • Benzemaning o‘zi “Sherif”ning butun tarkibidan ikki barobar qimmat turadi
  • Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda Jasur Yaxshiboevning transfer summasi 500 ming evro, Karim Benzemaniki esa 25 million evroga baholanmoqda.

“D” guruhidagi ikkinchi uchrashuvda “Shaxtyor” o‘z maydonida “Inter”ni qabul qildi. Uchrashuvda hisob ochilmadi.

Ikkinchi tur yakuniga ko‘ra, “Sherif” yuz foizlik natija bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda “Real”, “Inter” va “Shaxtyor” joylashgan.

unnamed

“Sherif” 19 oktyabrga belgilangan uchinchi tur uchrashuvida Milanda “Inter” mehmoni bo‘ladi. Futbol muxlislarini yanabir sensatsiya kutmoqda.

Bugun legionerimiz “Santyago Bernabeu”da “Real”ga qarshi to‘p tepadi!

 Rim derbisida hujumni kuchaytirgan Shomurodov necha ballga loyiq ko‘rildi?

“Roma” Evropa Chempionlar ligasida... Shomurodovning orzusi ushaladimi?

Mourinoga butsamni otib yubordim!

Bugun Rim derbisi: Shomurodovda Reynaga gol urish tajribasi bor. Mourino undan foydalanadimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!