Madridliklar superhujumchiga uchta o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • 29.03.2026 08:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Atletiko” klubi MLS chempionatining “Orlando Siti” jamoasi bilan shartnoma imzolagan va yozda AQShga ketadigan hujumchi Antuan Grizmann o‘rniga uch nafar nomzod tanladi.

Sport.es nashrining ma'lum qilishicha, ispan klubi PSJ futbolchisi Li Kan Inni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Shuningdek, “Atletiko” mutasaddilari “Marsel”dan Meyson Grinvud va “Barselona”dan Ferran Torres nomzodi ham ma'qul kelgan.

Klub rahbariyatini koreyalik futbolchining tor hududda himoyani izdan chiqarish qobiliyati va hujumchilar bilan o‘zaro harakati jalb qilmoqda.

Grinvudda hujumni yakunlash, tezlik va Ispaniya ligasida o‘ynash tajribasi uyg‘unlashgan, Torres esa bir nechta pozitsiyada o‘ynay oladigan universal futbolchi hisoblanadi.

“Orlando Siti” 24 mart kuni Grizmann transferini e'lon qildi. Futbolchi bilan shartnoma 2026 yilning iyulidan kuchga kiradi. Ushbu kelishuv 2028 yilning oxirigacha mo‘ljallangan bo‘lib, yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!