
Maftuna Melieva navbatdagi bosqichga yo‘l oldi
Iordaniyada davom etayotgan boks bo‘yicha litsenzion turnirda yurtdoshimiz Maftuna Melieva (-69 kg) ham ringga ko‘tarildi. U yaponiyalik Mai Kitoga qarshi chorak final bosqichi uchun jang olib bordi va g‘alabaga erishdi. Endi u navbatdagi bosqichda hindistonlik L.Borgoxenga to‘qnash keladi.
Mazkur vazn toifasida 4 ta yo‘llanma o‘ynalmoqda va bundan kelib chiqadiki, yarim finalga yo‘l olganlar Tokio Olimpiadasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishadi.
Jang murosasiz va keskinlik bilan davom etdi. Jang boshlanishi bilan yaponiyalik bokschi oldinga tashlandi. Maftuna qarshi zarbalari bilan uni kutib ola boshladi va aniqlik borasida ham yurtdoshimiz ustunlik qildi.
Ikkinchi raundda ham kunchiqar yurt vakilasi hujumga o‘tdi. Lekin Melieva hotirjamilik bilan uni qarshi hujumda tutib olaverdi. Bir-ikkilik zarbalari juda foydali bo‘ldi.
Ikki raund ustunlik qilgan yurtdoshimiz uchini raundda biroz sustroq harakat qila boshladi. Bundan Kito unumli foydalanib, bir nechta aniq zarbalar yo‘llay oldi. Lekin tezda o‘zini tiklab olgan vakilamiz yana qarshi zarbalardan unumli foydalanadi va yakunda g‘alaba qozondi.
Fikrlar