Mag‘lubiyatdan keyin uch yulduz “Real” tarkibidan chiqarildi

  • 03.03.2026 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatining 26-turida “Real” futbolchilari o‘z maydonida “Xetafe”dan 0:1 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.

Bundan tashqari, madridliklar 27-turda “Sel'ta” bilan bo‘ladigan o‘yin oldidan kadrlar masalasida ham katta yo‘qotishga uchradi.

Gap shundaki, jamoa yetakchi himoyachilaridan Din Xöysen va Al'varo Karreras, shuningdek, hujumkor futbolchi Franko Mastantuono keyingi bahsda ishtirok etmaydi.

Chunki “Xetafe”ga qarshi o‘yinda Xöysen va Karreras chempionatdagi beshinchi sariq kartochkasini oldi va diskvalifikatsiya sababli keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Mastantuono esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib maydonni tark etgan.

Joriy mavsumda Xöysen 33 o‘yinda bir gol va ikki assist, Karreras 34 o‘yinda ikki gol va ikki assist, Mastantuono esa 26 o‘yinda uch gol va bir assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!