Magomed Ankalaev va Aleks Pereyra jangi qachon bo‘lishi mumkin?

  • 26 noyabr, 2024, 17:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yarim og‘ir vazn toifasida(93 kg) rossiyalik UFC jangchisi Magomed Ankalaev (19-1-1-1 N/C) amaldagi chempion, braziliyalik Aleks Pereyra (12-2) bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.

"Pereyra hali bu kurashga rozi bo‘lgani yo‘q, lekin ertami-kechmi bu, albatta, amalga oshadi. O‘ylashimcha, bizning to‘qnashuvimiz may oyida bo‘lib o‘tadi”, — deya Ankalaevning so‘zlarini keltirdi "TACC".

Eslatib o‘tamiz, "UFC 308" turnirida o‘tkazilgan so‘nggi jangida Magomed avstriyalik Aleksandr Rakichni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!