Maguayr 2 sentyabrgacha MYu sardori bo‘lib qoladi

  • 27.08.2020 11:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” himoyachisi Xarri Maguayr jamoa sardori bo‘lib qolaveradi.

The Guardian nashrining yozishicha, angliyalik futbolchi yaqin orada “qizil iblislar”ga etakchilik qilishda davom etadi, keyinroq bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsher bu haqda yakuniy qarorini qabul qiladi.

“Manchester Yunayted” yangi mavsumga tayyorgarlikni 2 sentyabrdan boshlaydi va Maguayrning sardor bo‘lib qolish yoki qolmasligi masalasi ham ana o‘shanda hal bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Gretsiyada politsiya xodimi bilan janjalga sabab bo‘lgan Maguayr Angliya terma jamoasidan chetlatilgan edi. Sud esa uni 21 oyga qamoq jazosiga hukm qildi. Ammo Xarri kecha sud qaroridan norozi ekanini bildirib, ishni qayta ko‘rish bo‘yicha apellyatsiya berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!